Toshkent
O‘tgan yilning dekabr hamda joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar o‘rtasida suzish, armrestling, badminton, futbol va voleybol bo‘yicha shahar hokimi kubogi uchun musobaqalar bo‘lib o‘tgan edi.
Bugun, "Universal sport saroyi"da mazkur musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lganlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Yakkasaroy tumanidagi "Boshliq" mahallasidan Sobir Alimov (suzish), Sirg‘ali tumanidagi "Sofdil" mahallasidan Farrux Abdug‘afforov (armrestling), Yashnobod tumanidagi "Uysozlar" mahallasidan Aziz Hamidov (badminton) lar g‘olib bo‘ldi. Chilonzor tumani futbol bo‘yicha, Mirobod tumani esa voleybol bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
.jpg)
Fikrlar