Ukraina terma jamoasi a’zosi APL klubiga ko‘chib o‘tadi

  • 08.07.2018 17:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Andrey Yarmolenko faoliyatini Londonning "Vest Xem" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaning ma’lum qilishicha 28 yoshli futbolchi tez orada “bolg‘achilar” safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va shartnoma imzolaydi. Ushbu transfer esa “Vest Xem”ga 22 mln evroga tushishi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Yarmolenko “Borussiya” safiga bundan roppa-rosa bir yil muqaddam Kievning “Dinamo” klubidan 25 mln evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. U ushbu davr mobaynida dortmundliklar safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 6ta gol hamda huddi shuncha golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!