Umid Ahmadjonov Milliy olimpiya qo‘mitasida Yaponiya delegatsiyasini qabul qildi
Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonov Yaponiya Parlament guruhi Bosh kotibi o‘rinbosari Keysuke Suzuki boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv davomida janob Suzukiga KEIO sport tibbiyoti universiteti tadqiqot markazi dotsenti Xiroyuki Ishida, shifoxona vitse-prezidenti Xiroyuki Kobayashi, Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsuli Atushi Suda va Yaponiya – O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘li tashkiloti vakili Mansur Bahriddinov hamrohlik qilishdi.
«O‘zbekistonga xush kelibsiz. Sizni bu erda ko‘rib turganimizdan xursandmiz. Kelajakda sizlar bilan birgalikda ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikda ish olib boramiz», – deb so‘z boshladi Umid Ahmadjonov.
«2020 yilgacha Yaponiya biz uchun ikkinchi uy bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. Olimpiya o‘yinlari Yaponiyada o‘tkazilishini eshitib juda xursand bo‘lgandik. O‘ylaymizki, Tokioda o‘tkaziladigan Olimpiada avvalgilaridan butunlay farq qiladigan bo‘ladi.
Olimpiya o‘yinlariga katta delegatsiya bilan borishni maqsad qilganmiz. Bu borada o‘ziga xos strategiya ishlab chiqqanmiz. Yaponiya futbol federatsiyasi bilan ham yaqindan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganmiz. Yaponiyalik mutaxassislar bilan birgalikda ishlash biz uchun yoqimlidir», – dedi Umid Ahmadjonov.



Fikrlar