Urugvay terma jamoasi ustozi Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi

  • 04.10.2018 22:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabares ikki karra Ginnessning rekordlar kitobiga kiritildi.

Unga ko‘ra 71 yoshli urugvaylik mutaxassis bitta terma jamoa bilan eng ko‘p g‘alaba qozongan murabbiy hisoblanadi. U hozircha Urugvay terma jamoasi bilan jami 185ta g‘alabani qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari u bitta terma jamoa bilan eng ko‘p marta jahon chempionatida ishtirok etgan – 4 marta.

Ma’lumot uchun, Tabares Urugvay terma jamoasini 2006 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Jamoa uning qo‘l ostida 2 bor Janubiy Amerika kubogini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!