Usmon Toshev: Kuperni ancha-muncha narsa bilan xayajonlantira olmaysiz
Milliy terma jamoamiz Ektor Kuper boshchiligidagi ikkinchi o‘yinini Eronga qarshi o‘tkazganidan xabaringiz bor. Suriyaga qarshi dastlabki uchrashuvda 1:1 hisobini qayd etgan vakillarimiz bu safar eronliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu tariqa mazkur uchrashuv Kuperning birinchi mag‘lubiyatiga aylandi. Asta-sekin yangi murabbiyning ishi va jamoa o‘yini borasida bildiriladigan fikrlar paydo bo‘lyapti. Eronga qarshi bellashuvdan so‘ng tajribali mutaxassislarimizdan biri Usmon Toshev SPORTS.uz muhbiriga bu borada o‘z munosabatlarini bildirib o‘tdi.
- Kuper bilan terma jamoamizni qanday kelajak kutyapti deb o‘ylaysiz?
- Bunday murabbiyga ishlash uchun ko‘proq imkoniyat berilishini xohlayman. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi. Uning yoshi ham bizga juda to‘g‘ri keladi. Xotirjam va o‘ziga ishongan murabbiy. Uni ancha-muncha narsa bilan xayajonlantira olmaysiz. Kuper biz uchun kerakli murabbiy.
Tajribali mutaxassis bilan uyushtirilgan suhbatning to‘liq matnini ertaga saytimiz orqali o‘qishingiz mumkin.
Fikrlar