
"Uzbek Tigers" jamoasining engilmas bokschilari (Top-7)
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA shafe’ligida tashkil etilgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari eng nufuzli musobaqalar qatoriga qo‘shildi. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalari 2016 yildan buyon "Uzbek Tigers" nomi ostida ishtirok etmoqda.
"Uzbek Tigers" jamoasi mamlakatimizning eng iste’dodli va kuchli bokschilaridan tashkil topgan. Bokschilarimiz orasida legioner sifatida boshqa jamoa safida avvaldan qatnashib, katta tajriba to‘plagan Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov biror marta mag‘lub bo‘lmagan kam sonli bokschilardan.
SPORTS.uz axborot portali e’tiboringizga WSB turnirida umuman mag‘lubiyatga uchramagan o‘zbek bokschilari haqida ma’lumotlarni taqdim etadi.
1. Hasanboy Do‘smatov jami 12 marotaba jang o‘tkazib, shularning barchasida g‘alaba qozongan.
2014 yil, 31 mart. David Ayrapetyan (Rossiya)
2015 yil, 16 yanvar. Jozalito Velaskis (Meksika)
2015 yil, 30 yanvar. Li Jixao (Xitoy)
2015 yil, 13 fevral. Belqosim Xennusi (Jazoir)
2015 yil, 27 fevral. Yoxanus Argilagos (Kuba)
2015 yil, 12 mart. Eshley Uilyams (Uels)
2015 yil, 27 mart. Yassin Zohir (Marokash)
2015 yil, 17 aprel. Belik Galanov (Rossiya)
2016 yil, 23 yanvar. Entoni Ortiz (Kuba)
2016 yil, 27 fevral. Temirtosh Jussupov (Qozog‘iston)
2016 yil, 22 aprel. Bator Sagaluev (Rossiya)
2017 yil, 4 mart. Bator Sagaluev (Rossiya)
2. Abdulhay Shorahmatov "Uzbek Tigers" safidagi janglarda 2016 yildan buyon qatnashib kelmoqda. Abdulhay beshta jangda raqiblarini mag‘lub etdi.
2016 yil, 23 yanvar. Edgardo Rolon (Puerto-Riko)
2016 yil, 27 feral. Meribolat Toitov (Qozog‘iston)
2016 yil, 19 mart. Yashar Magomedov (Ozarbayjon)
2017 yil, 4 fevral. Long Vang (Xitoy)
2017 yil, 4 Mart. Dmitriy Sharafutdinov (Rossiya)
3. Fazliddin Meliboev o‘tgan mavsumda uchta uchrashuvda ringga chiqdi va barchasida raqiblarini mag‘lub etdi.
2016 yil, 23 yanvar. Xorxe Martinez (Puerto-Riko)
2016 yil, 27 fevral. Asxat Valixanov (Qozog‘iston)
2016 yil, 19 mart. Zaur Abdullaev (Ozarbayjon)
4. Shahobiddin Zoirov WSB turniridagi ishtirokini o‘tgan yili boshlagan va bu yil ham asosiy tarkib bokschisi hisoblanadi. Biroq yangi mavsumda u hali jang o‘tkazmadi.
2016 yil, 23 aprel. Vyacheslav Tashkarakov (Rossiya)
5. Mironshoh Ibrohimov bu yildan ushbu musobaqada qatnashmoqda. U Hasanboy Do‘smatovga o‘rinbosar hisoblanadi.
2017 yil, 4 fevral. Ksin Xuan (Xitoy)
6. Zuhriddin Mahkamov WSB turnirida bu yil Toshkentda o‘tkazilgan turnirda debyut qildi.
2017 yil, 4 mart. Islom Tekkev (Rossiya)
7. Isroil Madrimov ham joriy mavsumdan e’tiboran "Uzbek Tigers" a’zosi sifatidagi faoliyatini boshladi.
2017 yil, 4 mart. Rajab Rajabov (Rossiya)
Fikrlar