Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

"Uzbek Tigers"ning navbatdagi raqibi Rossiyadan g‘alaba bilan qaytdi

Izohlar: 0

Boks olamida eng nufuzli musobaqaga aylanib borayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalarining VII mavsumida ishtirok etayotgan jamoalar dastlabki uchrashuvlarini yakunlandi.

SPORTS.uz axborot portali "Uzbek Tigers" jamoasi birinchi uchrashuvini safarda Xitoyning "China Dragons" bokschilariga qarshi o‘tkazib, 2:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragani haqida xabar bergan.

"Uzbek Tigers" joy olgan "S" guruhidagi ikkinchi uchrashuv Rossiyada tashkil etildi va unda mezbonlarning "Patriot Boxing Team" jamoasi Qozog‘istonning "Astana Arlans Kazakhstan" bokschilari bilan kuch sinashdi.

Ushbu uchrashuvda qozog‘istonlik charm qo‘lqop ustalari 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. "Astana Arlans Kazakhstan" g‘alabasini ta’minlagan uchrashuvlarda Ilyos Sulaymonov, Abilxon Omonqul, Anton Pinchuk raqibilarini engdi. Rossiyaliklar Radmir Abdurahmonov va Bator Sagaluevning qo‘li baland keldi.

"Uzbek Tigers" navbatdagi uchrashuvni 18 fevral kuni safarda Qozog‘istonning "Astana Arlans Kazakhstan" jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

SPORTS.uz

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q