"Vinnipeg" chorak finalni g‘alaba bilan boshladi

Okean ortida Milliy xokkey ligasining Stenli kubogi uchun chorak final bellashuvlari qizg‘in pallaga kirib bormoqda. Ayni kunlarda musobaqaning birinchi bahslari o‘tkazilyapti. 

Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan qarama-qarshilikda "Neshvill" o‘z maydonida "Vinnppeg"ni qabul qildi. Bahsning birinchi va ikkinchi davrasida katta farq bilan oldinga chiqib olgan kanadalik xokkeychilar uchrashuv yakunigacha ustunlikni saqlab qola oldilar va birinchi bellashuvni o‘z foydalariga hal qilishdi. 

"Neshvill" – "Vinnipeg" – 1:4 (0:1, 0:2, 1:1) seriyalar bo‘yicha hisob (0:1)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!