Vitselning agenti u nega aynan "Borussiya"ni tanlaganini aytdi
Kuni kecha "Borussiya" Dortmund bilan shartnoma imzolagan belgiyalik yarim himoyachi Aksel Vitselning agenti Pol Stefani mijozi nega aynan ushbu klubni tanlagani haqida gapirib o‘tdi.
“Unga shuningdek "Manchester Yunayted" va "Napoli" klublari ham taklif bilan chiqishgan edi. Lekin men Akselga aytdimki, agar u “Borussiya”ga o‘tsa, u erda birinchi raqamli futbolchiga aylanishi mumkin. Yuqoridagi ikki klubdan birini tanlasa unda bunday imkoniyat bo‘lmasligini tushuntirdim”, - deydi agent.
Eslatib o‘tamiz, 29 yoshli Vitsel “Borussiya” Dortmund safiga 20 mln evro evaziga Xitoyning "Tyantszin Tsyuantszyan" klubidan ko‘chib o‘tdi.
Fikrlar