Yahyo Imomov misrlik raqibidan ustunligini isbotladi
Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha Jahon chempionati bahslari davom etmoqda.
Bugungi kun bellashuvlari doirasida -90 kg vazn toifasidagi hamyurtimiz Yahyo Imomov misrlik Abd Al Akbarga qarshi tatamiga ko‘tarildi.
Qiziqarli kechgan bahsda esa sportchimiz raqibi ustidan vazare bahosi evaziga g‘alaba qozondi va keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hamyurtimizning keyingi bosqichdagi raqibi vengriyalik Kristian Tot bo‘ladi.

Fikrlar