Yapon tennischisi Buxoroda g‘alaba qozondi
Buxoroda Xalqaro tennis federatsiyasi - ITF tomonidan o‘tkazilgan "Fyuchers" musobaqasi o‘z nihoyasiga etdi.
Musobaqaning yakkalik bahslari finalida yaponiyalik Xiroki Moriya va rossiyalik Evgeniy Tyurnev o‘zaro kuch sinashdi. Unda Xiroki raqibiga bor yo‘g‘i bitta geymni boy berib qo‘ydi. Shu tariqa yaponiyalik tennischi turnir g‘olibiga aylandi.
Shuningdek, turnirning juftliklar o‘rtasidagi bahslarda rossiyalik tennischilar Aleksandr Pavlyuchenkov va Evgeniy Tyurnev g‘alaba qozondi.

Fikrlar