Yosh polvonlarimiz Boku shohsupasida
Boku shahrida erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘smirlar va kadetlar o‘rtasida Ozarbayjon sport kurashlari federatsiyasi kubogi an’anaviy xalqaro turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Nufuzli musobaqada mezbonlardan tashqari Tojikiston, Ukraina, O‘zbekiston, Latviya, Rossiya, Turkiya, Eron, Gruziya, Qozog‘iston va Belarus davlatidan sportchilar g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.
Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz Ozarbayjondagi xalqaro turnirda qatnashadi
O‘smirlar o‘rtasidagi yunon-rum kurashi bellashuvlarida yuz nafardan ziyod kurashchi gilamga chiqdi. Musobaqada yurtimiz sharafini himoya qilgan Ilhom Bahromov 55 kilogramm vazn toifasida, Jalgas Berdimuradov og‘irligi 74 kilogramm bo‘lgan polvonlar bahsida bronza medalni qo‘lga kiritdi.
SPORTS.uz

Fikrlar