"Yuventus" JCh-2018 g‘olibini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 07.12.2018 23:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Shtutgart" klubi va Frantsiya terma jamoasi himoyachisi Benjamen Pavar "Yuventus"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi.

Corriere dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli futbolchining tovon puli bor yo‘g‘i 35 million evroni tashkil etadi. Pavar uchun shuningdek "Bavariya", "Barselona" va "Real" kabi klublar ham kurash olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Pavar bu yil Frantsiya terma jamoasi safida jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!