“Yuventus” amerikalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Kristian Pulishich Turinning “Yuventus” jamoasi qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

20 yoshli amerikalik futbolchining dortmundliklar bilan amaldagi kelishuvi 2020 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Agar “Borussiya D” shartnoma muddatini uzaytira olmasa, kelasi mavsumda uni sotishi mumkin.

Qayd etish kerakki, yozgi transfer oynasida “Real Madrid”, “Bavariya”, “Barselona”, “Liverpul”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!