"Yuventus"ga "Borussiya D" futbolchisi kerak
“Yuventus” klubi o‘z safiga Dortmundning “Borussiya” jamoasi yarim himoyachisi Kristian Pulishichni qo‘shib olmoqchi, deya xabar beradi Calciomercato nashri.
Turinliklar futbolchining “sariq-qoralar” bilan shartnomasini uzaytirmasa, klub uni qo‘yib yuborishiga umid qilmoqda.
20 yoshli futbolchining “Borussiya D” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2020 yil iyunida yakuniga etadi.
Pulishich bu mavsum 4 o‘yinda maydonga tushib, 1 golga mualliflik qilgan.
Fikrlar