
A Seriya. Bugun "Spetsiya" o‘ynaydi. Raqib o‘sha hujumkor "Atalanta"!
Bugun Italiya A Seriyasining 33-turi o‘yinlari start oladi.
Legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Spetsiya" safarda "Atalanta" bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 ga belgilangan.
Ma’lumot uchun, ayni damda "Spetsiya" 27 ochko jamg‘argan holda chempionat turnir jadvalida 17-pog‘onada bormoqda. "Atalanta" esa 55 oko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar