A Seriya. "Inter" mehmonda "Sassuolo"ni yanchib tashladi!

  • 08.02.2026 23:58
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Italiya chempionatining 24-turi doirasida "Inter" mehmonda "Sassuolo"ni 5:0 hisobida taslim etdi.

Hisob 11-daqiqada Yann Bissek tomonidan ochildi. 28-daqiqada Markus Tyuram jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 30-daqiqada Lautaro Martines hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

41-daqiqada Kristian Torstvedt bir gol urdi, ammo bu gol bekor qilindi. 54-daqiqada Manuel Akanji o‘z nomini tabloga yozdirdi. 88-daqiqada esa Luis Enrique jamoasining beshinchi goliga mualliflik qildi.

Federiko Dimarko uchta golli uzatmani amalga oshirdi. 55-daqiqada Nemanya Matic bir daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!