Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan uchrashuv yakunlandi.
Ushbu tur doirasida "Roma" Turinning "Yuventus" klubi bilan to‘qnash kelib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Uchrashuvning 42-daqiqasida Lokatelli hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limning avvalida Mats Xummels o‘rniga maydonga tushgan Eldor Shomurodov 3 daqiqa o‘tib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, rimliklar navbatdagi bellashuvini 13 aprel kuni soat 23:45 da "Latsio"ga qarshi o‘tkazadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q