Italiya A seriyasining 2025/2026 yildgi mavsumi 37-turidan o‘rin olgan "Yuventus" - "Fiorentina" uchrashuvi yakunlandi. O‘yin Turindagi "Alyans" stadionida bo‘lib o‘tdi. Bosh hakam sifatida David Massa ishtirok etdi. Uchrashuv 2:0 hisobida mehmonlar foydasiga hal bo‘ldi.
34-daqiqada "Fiorentina" yarim himoyachisi Sher Ndur o‘yinda hisobni ochdi. 72-daqiqada "binafshalar" himoyachisi Luka Raneri qizil kartochka oldi. 83-daqiqada yarim himoyachi Rolando Mandragora mehmonlar ustunligini mustahkamladi.
Italiya chempionatining 37 ta o‘yinidan so‘ng "Yuventus" 68 ochko jamg‘arib, oltinchi o‘rinni egalab turibdi.Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa 3-o‘rindan oltinchi o‘ringa “quladi”. "Fiorentina" 41 ochko jamg‘arib, 15-o‘rinni egalab turibdi.
Yakuniy, 38-turda Lyuchano Spalletti jamoasi "Torino" (24 may), "binafshalar" esa "Atalanta" (24-may) bilan kuch sinashadi.