
Abdel-Aziz: "Umar Nurmagomedov hatto yarim o‘rta vazn toifasida yigitlarga yutqazmagan"
Ali Abdel-Aziz o‘ta engil vazn toifasida (61,2 kg) mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Umar Nurmagomedov(18-0) haqida gapirdi.
“Umar sport zalida, hatto yarim o‘rta vazn toifasida bir raund ham mag‘lub bo‘lmadi va hech kimga uni uloqtirishga qo‘yib bermadi. Shunday ekan, Nurmagomedov har qanday raqibni ezib tashlashiga ishonaman”, — deb yozdi Abdel-Aziz X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lumot uchun, Umar Nurmagomedov 28 yoshda. Rossiyalik 2021 yil yanvarida UFC dagi ilk jangini o‘tkazgan.
Fikrlar