Abdullaev to‘liq harakat qilgan bahsda "Xorfakkan" yana yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi
BAA chempionati doirasida bo‘lib o‘tgan "Al-Ayn" - "Xorfakken" bahsida mezbonlar yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yinda Doh Laba ikkita, Bandar va Umarlar bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mehmonlar tarkibidan esa Sulaymon javob qaytardi. Abdullaev mazkur bahsda tshliq o‘ynadi. Himoyachining harakatlari "Sofa Score" tomonidan 6.9 ballga loyiq ko‘rildi.
Shu tariqa, "Xorfakken" 11-o‘ringa tushib ketdi. "Al-Ayn" esa 3-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Fikrlar