Abdumalik Halokovning keyingi jang sanasi va raqibi ma’lum

  • 15 fevral, 18:32
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

27 fevral kuni Ispaniyaning Sevilya shahrida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tadi.

Unda Parij-2024 Olimpiadasi g‘olibi, hamyurtimiz Abdumalik Halokov ham ishtirok etadi. Bu haqda "Boxrec" nashri ma’lum qilmoqda. Xalokov o‘sha kuni Venesuela vakili Marlembron Akunyaga qarshi ringga ko‘tariladi. Bahs 6 raund etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur to‘qnashuv Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jang hisoblanadi. Akunya esa hozirga qadar 25 ta jang o‘tkazib, 13 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!