Abdumalik Xalokov ham yarim finalda!
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida erkaklar o‘rtasida Jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning chorak finalida 11 nafar bokschimizning janglari o‘rin olgandi.
-60 kg vaznda charm qo‘lqop ustamiz Abdumalik Xalokov hamda Ozarbayjon vakili Mahammadali Ashiraliev to‘qnashuvi nihoyasiga etdi. Kutilganidek, Xalokov ushbu bahsda katta ustunlik bilan harakat qilib, yakunda hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, bizni oldinda yana bir yurtdoshimiz Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev va Sanatali Toltaev (Qozog‘iston) qarama-qarshiligi kutmoqda.
Fikrlar