Abduqodir Husanov "Chelsi"ga qarshi debut oʻyinidagi xatosi haqida fikr bildirdi.
O‘zbekistonlik himoyachi o‘tgan yil yanvar oyida "Manchester Siti" safiga qo‘shilib, APLda to‘p tepgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga aylangan edi.
Dastlabki uchrashuvda u "Chelsi"ga qarshi biroz hayajon va til bilan bog‘liq qiyinchiliklar sabab muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, shundan so‘ng deyarli xatolarga yo‘l qo‘ymadi. Futbolchining o‘zi ushbu o‘yin haqida shunday dedi:
"Men hotirjam bo‘lishga harakat qildim. Osha o‘yindan oldin bir oydan ortiq o‘ynamagandim va jamoa bilan atigi bitta mashg‘ulot o‘tkazgandim. Bu, albatta, ta’sir qilgan", — dedi Husanov.
Ma’lumot uchun, 22 yoshli himoyachi "shaharliklar" safida mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Fikrlar