Abduqodir Husanov LOSKka qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi
Frantsiya chempionatining 27-turida "Lans" jamoasi LOSK mehmoni bo‘ladi. Ushbu uchrashuv uchun "sariqlar"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi.
O‘zbekiston terma jamoasi bilan "JCh-2026"da ajoyib o‘yin ko‘rsatgan Abduqodir Husanov ushbu uchrashuvni o‘tkazib yuboradi. Frantsiya futbol federatsiyasi tartib-intizom qo‘mitasining qaroriga ko‘ra 10ta rasmiy musobaqa uchrashuvida 3-sariq kartochkasini olgan bir qator futbolchilar bittadan o‘yinga chetlatilgani haqida xabar bergan edik. Ular orasida yosh himoyachimiz ham bor.
Husanov "Gavr"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi mumkin.

Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q