
Abduqodir Husanov sababli Eronga deyarli etib oldik! ("Transfermarkt")
Xabaringiz bor, "Lans" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Abduqodir Husanovning transfer qiymati yaqinda 5 million evrodan 12 million evrogacha ko‘tarilgandi.
Qayd etish joiz, futbolchimiz ayni vaqtda Abbosbek Fayzullaevni ortda qoldirib (6 million evro), O‘zbekistonning eng qimmat futbolchisiga aylanib oldi. Uning transfer narxi oshishi ortidan O‘zbekiston terma jamoasining ayni vaqtdagi "Transfermarkt" portalidagi qiymati 46,25 million evroga ko‘tarildi. Qayd etish lozim, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha Eron 47,90 million evro miqdor bilan Osiyoda bizdan bir pog‘ona yuqorida. Bir va ikkinchi o‘rinlarni Yaponiya (289 million evro) hamda J. Koreya (163 million evro) band etib turibdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi yaqin vaqtlar ichida forslarni ortda qoldirib, Osiyoning eng qimmat tarkibga ega 3 termasidan biriga aylanib olishi mumkin.
Fikrlar