Abduqodir Husanovga raqobatchi kelmoqda

  • 13.02.2026 16:37
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Roma" himoyachisi Uesli Fransa faoliyatini Angliya Premier-ligasida davom ettirishi mumkin.

"Manchester Siti" Rimning "Roma" klubi o‘ng qanot himoyachisi Uesli Fransaning xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Xabarlarga ko‘ra, "shaharliklar" braziliyalik futbolchini yozgi transferlar bozoridagi asosiy maqsadlaridan biri deb hisoblamoqda. Ta’kidlanishicha, manchesterliklar 22 yoshli futbolchi uchun 50 million evrodan voz kechishga tayyor. Biroq italyan klubi Ueslini qo‘yib yuborish niyatida emas. "Roma" futbolchini o‘tgan yozda "Flamengo"dan 25 million evroga sotib olgan edi. Uning rimliklar bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot uchun, braziliyalik fulbek joriy mavsumda "qizil-sariqlar" safida umumiy 29ta uchrashuvda maydonga tushib, 3ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!