
Abdurasul Ismoilov va Olimjon Nazarov navbatdagi jangini o‘tkazish uchun jo‘nab ketdi
Bir qancha o‘zbek bokschilari professional yo‘nalishda Janubiy Koreyaning "Cocky Buffalo" promouterlik kompaniyasi bilan ishlab kelmoqdalar. Murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida mashg‘ulotlar olib boruvchi va mana shu kompaniya mijozlari hisoblangan o‘ta engil vaznli (50,8 kg) Olimjon Nazarov va engil vaznli (61,2 kg) Abdurasul Ismoilov navbatdagi jangini 23 aprel kuni o‘tkazadi. Ushbu kechada Olimjon Nazarov (25-5 15KO) o‘ziga tegishli bo‘lgan WBO Oriental mintaqaviy kamarini Filippin vakili Xerma Bolorodan (6-1, 4KO) himoya qilsa, Ismoilov (9-1, 5KO) o‘z vaznida, huddi shu mavqedagi vakant kamar uchun boshqa bir filippinlik Arji Tokueroga 13-5-3, 10KO) qarshi jang olib boradi.
Bugun bokschilarimiz jamoa bilan birgalikda Vietnamga jo‘nab ketdi. Shuningdek, murabbiy Bobur Najmiddinov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Jang uchun tayyorgralik yaxshi olib borildi. Buning uchun barcha sharoitlar yaratib berildi. Yaratib berilgan shart-sharoitlar uchun Otabek Muhammadalievich Umarovga o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Raqiblarimiz ham oddiy bokschilar emas. Albatta chiroyli g‘alabaga erishgan holda, chempionlik kamarlarini ham O‘zbekistonga olib kelishni niyat qilganmiz", - dedi u.
Fikrlar