Abdusattorov va Yakubboev bu tur ham durang o‘ynadi

Chexiyaning Praga shahri mezbonlik qilayotgan “Praga xalqaro shaxmat festivali 2026” 7 tur uchrashuvlari o‘z yakuniga yetdi. 

Mazkur turda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov chempionlik yo‘lidagi asosiy raqobatchisi hisoblanayotgan niderlandiyalik Jordaan van Forest qarshi oq donalarda bahs olib bordi. Partiyada har ikki shaxmatchi g‘alaba uchun tavakkalga qo‘l urishni istamadi. Yakunda, bahs durang natija bilan tugadi. 

Ayni vaqtda Nodirbek 4.5 ochko bilan turnir jadvalida 2-o‘rinda va van Forest 5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ma’lumot o‘rnida, turnir 7 mart kuni o‘z yakuniga yetadi, oldinda Abdusattorovni kutib turgan 2 turdan shaxmatchimiz maksimal ochkolarni ishlab olishi kerak. 

Yana bir vakilimiz Nodirbek Yakubboev ea bu safar hindistonlik Aravindh Chithambaram bilan bellashdi. Keskin kechgan bahs durang bilan yakunlandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!