Abduxoliqov premer-ligadagi gollar hisobini ochdi

  • 04.03.2023 16:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Belarus chempionatidagi yorqin faoliyatidan keyin Qozog‘istonning “Ordabasi” jamoasiga ko‘chib o‘tgan Bobur Abduxoliqov yangi ligada ham o‘zini ko‘rsata boshladi.

Shimkent klubi premer-liganing dastlabki turida o‘z maydonida “Kaspiy” futbolchilarini qabul qildi.

“Ordabasi”dagi ikki legionerimiz – Shahboz Umarov va Bobur Abduxoliqov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi.

Bellashuv mezbonlar ustunligida o‘tdi va 3:1 hisobi bilan yakunladi.

Shimkentliklarning uchinchi goliga Bobur Abduxoliqov mualliflik qildi va yangi chempionatdagi gollari hisobini ochdi.

Shahboz Umarov 68 daqiqa to‘p tepdi. Boburning o‘zi esa 83-daqiqada o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!