
Adhamjon Muhiddinov raqibni zarbalar yomg‘iri bilan "siyladi"
Ayni kunlarda Tailandning Chiang May shahrida kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
63,5 kg da yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Adhamjon Muhiddinov Saudiya Arabistoni vakili Alhavsav Musaga qarshi jang qildi. Bahs davomida katta ustunlik ko‘rsatgan yurtdoshimiz raqibga ketma-ket uch raund mobaynida zarbalar yomg‘irini yo‘lladi va hakam jangni to‘xtatdi. Shunday qilib, bokschimiz muddatidan avval g‘alabaga erishdi.
Eslatib o‘tamiz, oldinda bizni Jasurbek Yo‘ldoshev va Erkin Adilbek Uulu jangi kutib turibdi.
Fikrlar