"Adidas" "yangi qasr egalari"ning texnik homiysiga aylanishi mumkin
"The Telegraph" nashri xabariga ko‘ra, nemis brendi ingliz klubi uchun liboslar ishlab chiqarishga tayyor. "Adidas" vakillari Angliya liga kubogi 1/4 finali doirasida Eddi Xau shogirdlarining "Lester"ga qarshi uy uchrashuviga (2:0) tashrif buyurdi.
"Adidas" allaqachon 1995 yildan 2010 yilgacha "Nyukasl"ning texnik homiysi bo‘lgan. Bu davrda jamoa Kevin Kigan boshchiligida Angliya chempionatida 2-o‘rinni egalladi (1995/96 yilgi mavsum), Alan Shirer esa Premer liga tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylandi (260 gol).
Eslatib o‘tamiz, 2010 yildan beri "Puma" ingliz klubining texnik homiysi hisoblanadi. 2021 yildan beri "Kastor" jamoa libosini ishlab chiqaradi. Britaniyalik brendning "Nyukasl" bilan shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan.



Fikrlar