Afrika kubogi finali natijasi bekor qilindi: Marokashga texnik g'alaba berildi
Afrika kubogi finalidagi natija rasmаn bekor qilindi. Qarorga ko‘ra, Senegal milliy terma jamoasi mag‘lubiyatga uchragan deb topildi va Marokash milliy terma jamoasiga 3:0 hisobida texnik g‘alaba yozildi.
Ma’lum qilinishicha, Senegal futbolchilari o‘yning so‘nggi daqiqalarida Marokash foydasiga penaltı belgilanganidan keyin 10 daqiqadan ortiq vaqt davomida maydonni tark etgan.
Shu sababli federatsiya uchrashuv natijasini bekor qilib, Marokashni g‘olib deb e’lon qildi.
Fikrlar