Afrika Millatlar kubogi. Marokash 2-turda Mali bilan durang o‘ynadi (1:1). Ikki gol ham penaltdan kiritildi
Afrika Millatlar kubogi 2-turning navbatdagi bahsida Marokash Mali bilan 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, "Real Madrid" hujumchisi Braim Dias o‘zi ishlagan penaltini amalga oshirib, 45+5-daqiqada hisobni ochgan edi. 64-daqiqada esa Lassin Sinayoko ham 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalanib, oradagi farqni yo‘qqa chiqazdi va jamoasiga bir ochkoni taqdim etdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2-turdan so‘ng "A" guruhida Marokash 4 ochko bilan yetakchi. Mali va Zambiya hisobida 2 ochkodan, Komorda esa 1 ochkodan mavjud.
Fikrlar