
Afsus! Mujibillo Tursunov Rossiyalik bokschiga yutqazib qo‘ydi. Uchinchi yo‘qotish
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Mujibillo Tursunov -60 kg vazn toifasida rossiyalik Vsevolod Shumkovga qarshi ringga ko‘tariladi. Jang 18:55dan so‘ng boshlanadi.
Bokschilar ringga chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k formada, uning raqibi qizil libosda harakat qiladi.
Birinchi raund Shumkov foydasiga - 4:1.
Ikkinchi raundda Mujibillo ustunlikka erishdi - 0:5.
Uchinchi raundda hakamlar rossiyalik bokschining ustunligini qayd etishdi -4:1. Mujibillo ochkolar hisobiga imkoniyatni boy berib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar