
Afzal Yunusov IBAning O‘zbekistondagi rasmiy vakili etib tayinlandi!
Xabaringiz bor, kuni kecha Dubay shahrida IBA navbatdagi turnirini o‘tkazdi va unda Shahobiddin Zoirov ham ringga ko‘tarilgandi. Shuningdek, ko‘plab bokschilarimiz va boshqa vakillarimiz ham ushbu jang kechasiga tashrif buyurishdi. Ma’lumki, bloger Erali Boyqobilov IBAning ambassadori ya’ni yuzi hisoblanadi. Ushbu kechada yana bir e’tiborli voqelik yuz berdi. Hamyurtimiz Afzal Yunusov IBAning O‘zbekistondagi ishlarini rivojlantirish bo‘yicha rasmiy vakili etib, tayinlandi. Biz ushbu mas’uliyatli vazifa bilan yurtdoshimizni tabriklagan holda uning fikrlari va maqsadlari bilan qiziqdik.
- Albatta, bizga shunday mas’uliyatli vazifa Umar Kremlyov tomonidan ishonib topshirildi. Albatta, qo‘ldan kelgancha harakat qilamiz. IBAning O‘zbekistondagi vakili sifatidagi vazifalarimiz asosan sport tovarlari bilan imkoniyati yo‘q bo‘lgan zallarni ta’minlash va ularga beg‘araz yordam berishdan iborat. Shuningdek, chekka-chekka qishloqlardagi sharoiti yo‘q iqtidorli yoshlarni ham qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilganmiz. Umuman olganda yurtimizda yanada boksni rivojlantirishga kichik bo‘lsa ham xissamizni qo‘shmoqchimiz.
Fikrlar