Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Aguero jarohat oldi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

Qaytdi va jarohat oldi

"Manchester Siti" va Argentina afsonasi Serxio Aguero "Independent"ning 120 yilligaga atalgan uchrashuvda maydonga tushdi. U klub afsonali qatorida harakat qildi. 

Asosiy tarkibda uchrashuvni boshlagan sobiq hujumchi bahsning 11-daqiqasida maydonga yiqilish paytida elkasidan jarohat oldi. 

35 yoshli futbolchi o‘yinning 11 daqiqasidan so‘ng maydonni tark etishga majbur bo‘ldi

Aguero maydonni tark etarkan "Menimcha, elkam chiqib ketdi", - deya qo‘shimcha qildi. 

2021 yilda yurak hastaligi tufayli futbolchilik faoliyatiini yakunlagan Serxio maydonga yana qaytishi mumkin. Uning o‘zi ham buni tasdiqlagan. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q