Aguero Yamal va Vinisius o‘rtasidagi farq nimada ekanligini aytdi

  • 25 iyul, 11:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Serxio Aguero Lamin Yamal va Vinisius Juniorning o‘yin uslubini taqqosladi.

- Siz o‘tgan mavsumda birinchi klasiko oldidan Lamin Yamal Vinisius Juniordan yaxshiroq ekanini aytgan edingiz. Haq bo‘lib chiqdingiz shekilli?

Tecno

- Aniqlik kiritmoqchiman: ikkalasi ham juda iqtidorli futbolchi deb hisoblayman. Biroq, Lamin chindan ham "Barselona"da ham, Ispaniya terma jamoasida ham hal qiluvchi o‘yinchiga aylandi.

Ularning hujumdagi o‘yin uslublari butunlay farq qiladi. Bu Vinining kamchiligi emas, lekin nazarimda, Yamal ko‘proq universal futbolchi hisoblanadi, - dedi "Barselona" va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!