Akmal Rustamov: "Oxirgi so‘z rahbariyatda qoladi"

  • 14.04.2026 11:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superliganing 7-turida ham “Qizilqum” mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar ular o‘z maydonida “So‘g‘diyona”ga 1:3 hisobida yengildilar. Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida navoiyliklar ustozi Akmal Rustamov ishtirok etdi.

- O‘yin og‘ir o‘tdi. 4 ta o‘yindan beri g‘alaba qozona olmayapmiz, natijamiz yomonlashyapti. Shunga qaramay, shuncha muxlislar kelib qo‘llab-quvvatlab turishibdi, hammasiga rahmat. Uchrashuvga keladigan bo‘lsak, qanqadir “yama”ga tushganmiz va undan chiqa olmayapmiz. O‘tgan yilgi asosiy o‘yinchilarimizni qoldirganmiz, o‘yin uslubimizdan voz kechganimiz yo‘q. Bu safar o‘sha “yama”dan birgalikda chiqishimiz kerak edi. Muxlislardan uzr so‘rayman, hamma aybni o‘z bo‘ynimga olaman.

- Birinchi bo‘limda Bozorov orqada o‘ynadi. Ikkinchi bo‘limda oldinga o‘tganidan keyin o‘yini faollashdi.

- 4-4-2 sxemasida o‘yinni boshladik. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin tezroq vaziyatni o‘nglash uchun 3-5-2 sxemasiga o‘tdik. Shu bois biroz futbolchilarni o‘rni almashdi. Ammo hisobni tenglashtirishga vaqt yetmadi.

- Chobradzening jarohati qanday?

- Shifokorlarimiz hozircha aniq gap aytgani yo‘q. Tekshiruvdan keyin aniq bo‘ladi.

- OAVda ketma-ket 4 mag‘lubiyatdan so‘ng “Qizilqum”da ham bosh murabbiy almashadimi, degan savol ko‘paymoqda...

- Savolingizni to‘g‘ri tushunaman. Bu narsa hamma joyda bor. Jamoa yutsa hamma birga yutadi, jamoa yutqazsa faqat murabbiy yutqazadi. Oxirgi so‘z rahbariyatda qoladi. Men Navoiyda tug‘ilib o‘sganman. Kelganimdan beri Navoiy futbolini rivojlantirishga harakat qilganman. Lekin hozir “yama”damiz, buni hamma ko‘rib, bilib turibdi. O‘tgan yilgi tarkibni saqlab qolganmiz, ularga ishonganmiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!