Akmal Rustamov: "Sun’iy maydonda to‘p tepish baribir qiyin"

  • 20 avgust, 07:32
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga 19-turidan o‘rin olgan “Xorazm” – “Qizilqum” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Akmal Rustamov matbuot anjumanida savollariga javob qaytardi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Tecno

- OKMK bilan o‘yindan keyin Xorazmgacha uzoq yo‘lni bosib o‘tdik. Futbolchilarning jismoniy holatini maromiga keltirish qiyin bo‘ldi. Shunga qaramay, futbolchilar borlarini berishdi, ularga rahmat aytmoqchiman. 2-3 nafar futbolchilarimiz - Shohruz Norxonov, Islom Kenjaboev, Ilhomjon Vahobov bugun o‘yindan  ishtirok eta olishmadi.  Yigitlar yo‘qotishlarning o‘rnini bilintirishmadi. Birinchi bo‘limda 3-4 ta golli vaziyatni yaratdik, lekin yakuniy nuqtada qiynaldik. Navoiydan kelgan muxlislarga ham rahmat aytmoqchiman. 

- Superliga tarixida birinchi marotaba sun’iy maydonda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Maydon borasida fikringiz qanday?

- "Xorazm"da sun’iy maydon ekanligidan xabarimiz bor edi. Shu bois o‘yindan oldin Navoiy futbol akademiyasi sun’iy maydonida mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurdik. Buning uchun akademiya rahbarlariga rahmat aytaman. O‘yinda mashg‘ulotdagiga nisbatan boshqacha yuklama bo‘ladi. Sun’iy qoplamali maydonda to‘p tepish baribir qiyin. 

- O‘yin davomida vaqt cho‘zishlar nimadan kelib chiqyapti?

- To‘g‘ri tushunishingizni so‘rayman. Futbolchilarimi ataylab vaqtni cho‘zishmayapti. O‘yinlar orasida vaqt kam. 1 kun yo‘lga, 2 kun mashg‘ulotga sarf qilinmoqda. Futbolchilarning jismoniy holatida toliqish bor. Bu menimcha hamma jamoada yuz berayotgan holat. Charchoq shundan kelib chiqmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!