Akrom Komilov: "O‘yin starti omadsiz bo‘ldi, lekin ..."

  • 6 mart, 2023, 01:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK Superliga birinchi turida "Surxon" ustidan zafar quchdi (3:1). "Paxtakor" stadionida o‘tgan o‘yindan keyin olmaliqliklar himoyachisi Akromjon Komilovning fikrlariga quloq tutdik.

Tecno

— Birinchi o‘yin qiyin o‘tishini bilardik. Jamoa ham jismonan, ham ruhan to‘g‘ri tayyorlangan ekan. O‘yin biz uchun omadsiz boshlagan bo‘lsa ham, yakungacha muvozanatni o‘zgartira oldik.

— O‘tkazib yuborilgan gol OKMK futbolchilarining xotirjamlikka berilishi natijasida paydo bo‘ldi, desak xato emasmi?

— Xotirjamlik emas, mavsum boshida turganimiz uchun hayajon kuchli edi. Raqib standart vaziyatdan foydalanib ketdi. Goldan keyin hayajonni engib, o‘zimizga kelib oldik.

— Bugun jarima maydoni ichiga uzatmalaringiz o‘tgan yilgiga qaraganda ancha omadli chiqdi. Mavsumlar oralig‘ida bu bo‘yicha alohida ishladingizmi?

— Faqat uzatmalar emas, har jabhada o‘z ustimda ishlashga harakat qildim. O‘yindan avval mendan oldinroqqa o‘ynagan Xurshid G‘iyosov bilan kelishib olgandik. Men yuqoriroqqa chiqib, unga ko‘maklashdim. Shukr, natija yaxshi bo‘ldi.

FR suhbatlashdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!