"Al-Hilol" marokashlik yulduzni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 30 iyul, 2023, 09:50
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Sevilya"ning to‘purariga "Al-Hilol" qiziqish bildirmoqda.

Tecno

Saudiya klubi marokashlik hujumchi Yusuf En-Nesiri uchun 45 million evro to‘lashga tayyor. Futbolchining o‘zi o‘tish holatida 3 mavsumda 45 million ishlab olishi mumkin bo‘ladi.

"Al-Hilol" bir necha hafta davomida "Fulxem" hujumchisi Aleksandr Mitrovichni qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi, ammo muvaffaqiyatga erisha olmadi. En-Nesiri endi ustuvor maqsad hisoblanadi.

"Al-Hilol" marokashlikni Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishi kerak. En-Nesiri ikki marta "Vest Xem"ga o‘tishni rad etdi va hujumchi o‘zining keyingi jamoasi sport ambitsiyalari bo‘yicha "Sevilya" kabi raqobatbardosh bo‘lishni afzal ko‘radi. Ammo moliyaviy jihatdan foydali taklif hujumchini fikrini o‘zgartirishi mumkin.


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!