Asosiy mazmunga oʻtish
"Al-Hilol" Neymarning o‘rnini bosuvchi futbolchi topdi

"Al-Hilol" Neymarning o‘rnini bosuvchi futbolchi topdi

  • 0
  • Futbol

Rafael Leau faoliyatini Saudiya ligasida davom ettirishi mumkin.

Xabaringiz bor, braziliyalik hujumchi Neymar "Al-Hilol"ni tark etib, "Santos"ga qaytdi. Shu munosabat bilan Saudiya klubi rahbarlari uning o‘rnini boshqa bir yulduz bilan to‘ldirmoqchi.

"Todofichajes" nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni chempioni e’tiborini Portugaliya milliy terma jamoasi va "Milan" vingeri Leauga qaratmoqda. 25 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi 80 million evroga baholanmoqda. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2028 yil yozida tugaydi.

Avvalroq, hujumchiga Kataloniyaning "Barselona" klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q