"Al-Ittihod" ustozi "Navbahor"ning kuchli tomonini aytdi va stadion holati haqida salbiy fikr bildirdi (Matbuot anjumani)

  • 16 fevral, 2024, 08:00
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Al-Ittihod" bahsi bo‘lib o‘tdi. Keskin va murosasiz o‘tgan bahsda jamoalar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.

Tecno

Birinchi bo‘limda mehmonlar kuchliroq o‘ynagan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda "lochinlar" ko‘proq hujum qildi va vaziyatlar yaratdi. Namangan jamoasining yangi futbolchilari Sayfiev, Jiyanov, Hamrobekovlar asosiy tarkibda maydonga tushdi. Nikabadze, Favaz Al Yami, Samvel Babayan va Odiljon Hamrobekovlar hakam tomonidan sariq kartochka bilan jazolandi.

Bellashuvdan so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida jiddaliklar ustozi Marselo Galyardoning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:


O‘yin haqida 


- Bugungi uchrashuvda jamoam ko‘rsatgan o‘yindan xursandman. Maydon holati uncha yaxshi bo‘lishidan qat’i nazar to‘pni yaxshi nazorat qila oldik. Himoyachilarning o‘yinidan ham qoniqdim. Sababi, raqibda deyarli gol urish uchun imkoniyatlar bo‘lmadi. Maydon holati yaxshi emasligidan kelib chiqsak, hisob bizni qoniqtirdi. 

"Navbahor" haqida 

- Raqibimiz himoyada juda tartibli o‘ynar ekan. Shuningdek, himoyadan hujumga chiqishdagi o‘rta chiziqlar ham yaxshi harakat qildi. Aytishim kerakki, javob bahsi bugungi uchrashuvdan farq qiladi. Birinchidan, maydon holati yaxshi bo‘ladi va bugun yo‘l qo‘ygan xatolarimizni tuzatishga harakat qilamiz. 

- Romarino ikkinchi bo‘limda almashtirilda unda qandaydir jarohat bormi? 

- Romarinoni jarohati sabab almashtirmadik. U biroz toliqish his qilgan. O‘ylashimcha, u 1-2 kunda mashg‘ulotlarga kirishadi va keyingi uchrashuvlargacha tayyor bo‘ladi. 

- Jamoa faqatgina o‘yinning so‘nggi daqiqalarida yaxshi harakat qildi. Bu nima bilan bog‘liq? 

- Birinchi navbatda bu raqib himoyasi bilan bog‘liq. "Navbahor" mudofaasini yorib kira olmadik. Shu sababdan biroz kretiv o‘ynaydigan futbolchilarni maydonga tushirdim. Biroq baribir rejamiz ish bergani yo‘q. 

- Jarohat olgan ikki futbolchi hali jamoaga kelib qo‘shilmadi. Javob bahsiga qadar ular safga qaytadimi? 

- Namanganga faqat 19 futbolchi bilan keldik. Ularning bizga yordam bera olmayotganidan afsusdamiz. Umid qilamizki, ular keyingi bellashuvga qadar safimizga qaytadi. 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Mn
16/02/2024 08:08
Бахона килавераканда майдон химоя деб