Alaba A Seriyasi klubiga o‘tdi
David Alaba «Udineze» bilan 2027 yil 30 iyungacha shartnoma imzolab, rasmаn klub himoyasiga aylandi.
Avstriya terma jamoasi himoyachisi David Alaba rasmiy «Udineze» futbolchisiga aylandi. Bu haqida Italiya klubining rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
Ma'lumotga ko'ra, futbolchi bilan 2027 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan shartnoma imzolangan.
- Karyeram davomida juda ko'p yutuqlarga erishdim, ammo bir narsa o'zgarmagan: men yana g'alabalarni istayman. Hali ham maqsadga intilaman va Seriya Aning eng yuqori darajasida o'ynashni xohlayman, - dedi Alaba yangi klubi bilan shartnoma imzolagandan so'ng.
Alaba «Udineze»ga kelgunga qadar Madriding «Real» klubi sharafini himoya qilardi.
«Udineze» joriy mavsum A Seriya musobaqasida besh turdan so'ng to'rt ochko jamg'arqan va turnir jadvalidа 13-pog'onada bormoqda.

Izohlar (0)