
Alaba Messiga etib oldi!
Kecha o‘z nihoyasiga etgan "Jirona" - "Barselona" o‘yinidan keyin "Real" La Ligada muddatidan oldin chempionlikni hal qildi. 4:2 hisobida zafar quchgan Michel shogirdlari madridliklardan 13 ochkoga ortda bormoqda.
Mavsum tugashiga esa 4 ta tur qoldi, ya’ni matematik jihatdan kataloniyaliklar "qirollik klubi"ga eta olmaydi.
Shu tariqa, "Real" o‘z tarixida 36-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda. Bu Alabaning faoliyatidagi 12-marta mamlakat chempionligi bo‘ldi. Avstriyalik himoyachi "Bavariya" bilan o‘n marta Bundesliga chempioni bo‘lgan bo‘lsa, "Real" bilan ikki marta La Ligada g‘olib chiqdi.
Bu natijaga Fransisko Xento (barchasi "Real" bilan), Kingsli Koman (ikkitasi PSJ bilan, ikkitasi "Yuventus" bilan, sakkiztasi "Bavariya"da), Tomas Myuller (barchasi "Bavariya" bilan) va Lionel Messi (10tasi "Barselona" bilan va ikkitasi PSJda) erishgan.
Top-5 ligada o‘ynagan futbolchilar o‘rtasidagi chempionatlar soni bo‘yicha rekordchi Rayan Giggz bo‘lib qolmoqda. Uning hisobida 13 ta sovrin bor, barchasi "Manchester Yunayted" safida yutilgan.
Fikrlar