Alderveyreld yana Gollandiya chempionatiga qaytishi mumkin
“Tottenxem” himoyachisi Tobi Alderveyreld faoliyatini Gollandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda De Telegraaf nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 31 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlariga PSV jiddiy qiziqish bildirmoqda. Eyndxoven klubi uni joriy qishki transferlar davridayoq sotib olmoqchi.
Aytish lozimki, Alderveyreld uchun Erediviziya begona emas. U 2004-2013 yillarda “Ayaks” sharafini himoya qilgan. Tobi joriy mavsum “Tottenxem” safida APLda 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar