Aleksandr Volkov vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang qilmoqchi
Rossiyalik taniqli MMA ustasi Aleksandr Volkov og‘ir vaznda vaqtinchalik chempionlik kamari uchun dominikanlik sportchiga qarshi oktagonga chiqmoqchi.
"Bugungi yangiliklarda Kortes-Akosta mendan o‘tib, vaqtinchalik kamar uchun Siril Gan bilan jang qilmoqchi ekanini o‘qidim. UFC, hamma Aspinall va Gan o‘rtasidagi revanishni kutayotgan bir paytda, may oyida vaqtinchalik kamar uchun Valdoga qarshi jang qilishimga imkon bering. Bu bahs, albatta, ma’noga ega", - dedi Rossiya vakili.
Eslatib o‘tamiz, Volkov "UFC 321" turnirida Jailton Almeidaning ochkolar evaziga mag‘lub etgan edi. Akosta esa "UFC 324" turnirida Derrik Lyuisni 2-raundda texnik nokautga uchratib, 3 ta g‘alabali seriyada kelmoqda.

Fikrlar