Aleks Perreyra Siril Gan va Josh Hokit jangini tanqid qildi
Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni Aleks Perreyra fransiyalik Siril Gan va amerikalik Josh Hokit oʻrtasidagi chempionlik jangini tanqid qildi.
"Nima uchun ayollar jangi asosiy toʻqnashuv emas? Mayli, baribir Gan va Hokit oʻrtasidagi bahsga hech kim eʼtibor bermayapti", - deb yozdi "Poatan" ijtimoiy tarmoqda.
Braziliyalikning bunday hujumiga AQSh vakili darhol javob qaytarildi:
"Ha-ha! Auraning yoʻqolishi IQ ga shunchalik taʼsir qilishini bilmagandim. Sen hatto BMF kamariga ham arzimaysan. Sergey Pavlopich seni oʻldiradi", - deb yozdi Hokit.
Eslatib oʻtamiz, 14 noyabr kuni "UFC 334" turnirida Siril Gan va Josh Hokit oʻzaro oktagonga koʻtarilsa, 12 dekabr kuni "UFC 335" turnirida Sergey Pavlovich hamda Aleks Perreyra toʻqnash keladi.

Fikrlar