Aleks Perreyra mag‘lubiyatga uchragan singlisi haqida nimalar dedi?

  • 16.10.2026 17:20
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyalik UFC jangchisi Aleks Perreyra singlisi Alin Pereyraning "Dana White’s Contender Series" dagi mag‘lubiyatiga munosabat bildirdi.

"Men sen bilan faxrlanaman, singlim. Sen dunyoning eng yaxshi sportchilaridan biri bilan uchrashding hamda MMA dagi kichik tajribangga qaramay, ulkan taraqqiyot, matonat va jasorat ko‘rsatding. To‘g‘ri, kerakli natijaga erisha olmading, lekin bu qilgan mehnatingni zarracha kamsitmaydi.

So‘nggi yillarda sening mashg‘ulotlaringda unchalik faol ishtirok etmadim. Biroq bu ham senga o‘z yo‘lingni topishga va yanada ko‘proq o‘sishingga yordam berdi, deb o‘ylayman. Sen bu bilan to‘xtab qolma, tinimsiz ishlа!

Bitta jang sportchining darajasini belgilamaydi. Sen katta darajada chiqish qilishga loyiq ekaningni isbotlading. Aka sifatida sen bilan faxrlanaman", - deb yozdi braziliyalik ijtimoiy tarmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Alin Perreyra (Karate Combat chempioni) va Smilla Sundell (muay-tay bo‘yicha ONE FC chempioni) o‘rtasidagi bahsda Shvetsiya vakilasi hakamlarning yakdil qarori bilan g‘alaba qozondi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!